Ozodlik

Ozodlik смотреть последние обновления за сегодня на .

Ukrainaga bosqin: 342-kun | AQSh Ukrainaga F-16 qiruvchi uchoqlarni bermaydi

191922
3102
509
00:08:32
31.01.2023

Россия Украина шарқига янги ракета зарбаларини берди. Донецк вилоятининг Угледар шаҳри Россия ва Украина ўртасидаги шиддатли жанг марказига айланди. Пайшанба куни Россия мудофаа вазирлиги Бахмут шимолидаги Благодатний аҳоли пункти рус қўшинлари назоратига ўтгани, ўз қўшини Жанубий Донецк йўналишида олдинга силжиётганини даъво қилди. Аммо Киев буни тасдиқламади. Украина Қуролли кучлари Бош штаби эълон қилган сўнгги баёнотда «душман катта йўқотишларга учрасада, Лиман ва Бахмут йўналишларида ҳужум ҳаракатларини давом эттирмоқда», дея таъкидланди. Урушнинг 342-кунига оид тафсилотлар билан танишинг. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Rossiya Ukraina sharqiga yangi raketa zarbalarini berdi. Donetsk viloyatining Ugledar shahri Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi shiddatli jang markaziga aylandi. Payshanba kuni Rossiya mudofaa vazirligi Baxmut shimolidagi Blagodatniy aholi punkti rus qo‘shinlari nazoratiga o‘tgani, o‘z qo‘shini Janubiy Donetsk yo‘nalishida oldinga siljiyotganini da’vo qildi. Ammo Kiyev buni tasdiqlamadi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi e’lon qilgan so‘nggi bayonotda «dushman katta yo‘qotishlarga uchrasada, Liman va Baxmut yo‘nalishlarida hujum harakatlarini davom ettirmoqda», deya ta’kidlandi. Urushning 342-kuniga oid tafsilotlar bilan tanishing. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

OzodNazar: Islom Karimovni sog’inganlar ko’pmi, unutganlarmi?

41367
1951
825
00:43:51
01.02.2023

Биринчи президент Ислом Каримов ҳаёт бўлганида 30 январда ёши 85 га тўлган бўлар эди. OzodNazarнинг доимий суҳбатдошлари орасида Ислом Каримов билан шахсан мулоқотга киришган икки кишидан бири журналист Шароф Убайдуллаев бўлса, иккинчиси бугунги суҳбатдошимиз журналист Жаҳонгир Муҳаммаддир. Cуҳбатдошимизга берган саволларимиз орасида сарлавҳага чиқарганимиз савол ҳам бор. Сарвар Усмон суҳбатлашди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Birinchi prezident Islom Karimov hayot bo‘lganida 30-yanvarda yoshi 85 ga to‘lgan bo‘lar edi. OzodNazarning doimiy suhbatdoshlari orasida Islom Karimov bilan shaxsan muloqotga kirishgan ikki kishidan biri jurnalist Sharof Ubaydullayev bo‘lsa, ikkinchisi bugungi suhbatdoshimiz jurnalist Jahongir Muhammaddir. Suhbatdoshimizga bergan savollarimiz orasida sarlavhaga chiqarganimiz savol ham bor. Sarvar Usmon suhbatlashdi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ozodnazar #sarvarusmon

Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmi: Tajimuratov 16 yilga qamaldi

90518
2079
1492
00:10:14
31.01.2023

31 январь куни 1−2 июлдаги Нукус воқеаларида айбланаётган 22 нафар судланувчига нисбатан ҳукм ўқилди. Суд жараёни Бухоро вилоятида ўтказилди. Судланувчилар Лолагул Қаллиханова, Азамат Турданов, Аҳмад Исматуллаев ва Азамат Нуратдиновларга шартли равишда озодликни чеклаш (уй қамоғи) жазоси берилди. Улар суд залидан озод қилинди. Лолагул Қаллихановадан ташқари уларнинг барчасига 4,5 йилданга озодликдан чеклаш жазоси белгиланди. Қаллиханова ЖКнинг 159-моддаси 4-қисми, 244-моддаси 3-қисми ва 244-1-моддаси 3-қисми «а», «б», «г» бандлари асосида айбдор деб топилди ва 8 йил озодликдан маҳрум қилинди. Унинг тергов пайтида қамоқда ўтирган 6 ой 24 куни тайинланган жазодан чегирилиб, ўташ учун 7 йил 5 ой 6 кун озодликдан маҳрум қилиш жазоси қолдириилди. ЖКнинг 72-моддаси қўлланилиб, жазо 3 йил синов муддати билан шартли деб белгиланиб, суд залида қамоқдан озод қилинди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews 31-yanvar kuni 1−2 iyuldagi Nukus voqealarida ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukm o‘qildi. Sud jarayoni Buxoro viloyatida o‘tkazildi. Sudlanuvchilar Lolagul Qallixanova, Azamat Turdanov, Ahmad Ismatullaнev va Azamat Nuratdinovlarga shartli ravishda ozodlikni cheklash (uy qamog‘i) jazosi berildi. Ular sud zalidan ozod qilindi. Lolagul Qallixanovadan tashqari ularning barchasiga 4,5 yildanga ozodlikdan cheklash jazosi belgilandi. Qallixanova JKning 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi «a», «b», «g» bandlari asosida aybdor deb topildi va 8 yil ozodlikdan mahrum qilindi. Uning tergov paytida qamoqda o‘tirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 7 yil 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldiriildi. JKning 72-moddasi qo‘llanilib, jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #uzbekistan #karakalpakstan #mirziyoyev

ZIMISTON-UZ. 22-qism: Mirziyoyev tashrifiga vodiyda chiroq o‘chmayapti

37015
1953
431
00:14:33
01.02.2023

📌ZIMISTON-UZ XABARLARI: 15 суткалик қамоқ. Танзила Норбаева истеъфосини талаб қилган блогер қамалди Президент водийда. Мирзиёев боришига эски уйлар ясама деворлар билан ўралди Бир кунда пайдо бўлган свет. Водийда президент ташрифига электр ўчмаяпти 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews 📌ZIMISTON-UZ XABARLARI: 15 sutkalik qamoq. Tanzila Norbayeva iste’fosini talab qilgan bloger qamaldi. Prezident vodiyda. Mirziyoyev borishiga eski uylar yasama devorlar bilan o‘raldi. Bir kunda paydo bo‘lgan svet. Vodiyda prezident tashrifiga elektr o‘chmayapti. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #zimiston #inqiroz #uzbekistan

Ukrainaga bosqin: 341-kun | Ukraina yalpi o‘t ochish tizimlaridan 24 marta o‘qqa tutildi

94401
2034
432
00:08:56
31.01.2023

Украина ҚК Бош штаби маълумотига кўра, якшанба куни Россия Украина ҳудудини ялпи ўт очиш тизимларидан 24 марта ўққа тутган. Харковдаги кўп қаватли уй ракета зарбасидан вайрон қилинди. Бир киши ҳалок бўлди. Зеленский: “Бизга тезроқ ҳарбий ёрдам етказиб берилиши керак". Борис Жонсон: Путин менга ракеталари билан таҳдид қилган эди. Еврокомиссия раҳбари Урсула фон дер Ляйен Европа иттифоқи Украинани узоқ муддатга қўллаб-қувватлаш фикрида эканини айтди. Kремль: Украинага Ғарб қуролларини етказиб бериш фақат кескинлашувга олиб келади. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Ukraina QK Bosh shtabi ma'lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni Rossiya Ukraina hududini yalpi o‘t ochish tizimlaridan 24 marta o‘qqa tutgan. Xarkovdagi ko‘p qavatli uy raketa zarbasidan vayron qilindi. Bir kishi halok bo‘ldi. Zelenskiy: “Bizga tezroq harbiy yordam yetkazib berilishi kerak". Boris Jonson: Putin menga raketalari bilan tahdid qilgan edi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa ittifoqi Ukrainani uzoq muddatga qo‘llab-quvvatlash fikrida ekanini aytdi. Kreml': Ukrainaga G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat keskinlashuvga olib keladi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

OzodNazar: “OBONchi“ ayollar “Yil tanlovi-2022”da janjal ko’tardi

138022
3240
687
00:47:40
30.01.2023

Rost24.uz сайти ўтказган “Yil tanlovi-2022” тадбирини унда қатнашган журналистлар, блогерлар ҳамда жамоатчилик фаоллари ижтимоий тармоқлардаги чиқишларида юқори баҳоламоқда. Айни пайтда бу тадбир ҳақида танқидий фикрлар ҳам йўқ эмас. Тадбир ўтказилган кундан (28 январь) бери йиғилиб қолган саволларни “Yil tanlovi-2022”нинг уюштирувчиси, Rost24.uz сайти раҳбари, журналист Анора Содиқовага бердик. Сарвар Усмон суҳбатлашди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Rost24.uz sayti o‘tkazgan “Yil tanlovi-2022” tadbirini unda qatnashgan jurnalistlar, blogerlar hamda jamoatchilik faollari ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida yuqori baholamoqda. Ayni paytda bu tadbir haqida tanqidiy fikrlar ham yo‘q emas. Tadbir o‘tkazilgan kundan (28 yanvar) beri yig‘ilib qolgan savollarni “Yil tanlovi-2022”ning uyushtiruvchisi, Rost24.uz sayti rahbari, jurnalist Anora Sodiqovaga berdik. Sarvar Usmon suhbatlashdi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ozodnazar #sarvarusmon

ZIMISTON-UZ. 21-qism: O‘zbekiston chiqindidan elektr energiyasi olmoqchi

101475
2296
248
00:09:04
30.01.2023

📌ZIMISTON-UZ XABARLARI: Нукусда газ портлади: Беш киши ҳалок бўлди, бир неча киши жароҳатлар билан касалхонада Тошқин ва кўчки хавфи. Бош вазир Арипов янги штаб тузди Чиқиндидан электр. Маиший чиқинди газидан электр олиш заводи қурилиши бошланди Эҳтиёт бўлинг бўрилар! Чорвани кўчага чиқармаслик тавсия қилинди * 📌ZIMISTON-UZ XABARLARI: Nukusda gaz portladi: Besh kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlar bilan kasalxonada. Toshqin va ko‘chki xavfi. Bosh vazir Aripov yangi shtab tuzdi. Chiqindidan elektr. Maishiy chiqindi gazidan elektr olish zavodi qurilishi boshlandi. Ehtiyot bo‘ling bo‘rilar! Chorvani ko‘chaga chiqarmaslik tavsiya qilindi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #zimiston #inqiroz #uzbekistan

Ukrainaga bosqin: 338-kun | AQShda “Vagner transmilliy jinoyatchi tashkilot deb topildi

201458
3107
821
00:10:19
28.01.2023

Россия қўшинлари Донецк ва Луганск вилоятларига ҳужумларни давом эттирмоқда. Украина қўшинларига кўра, сўнгги 24 соат ичида 11 та йирик ҳужумни қайтарган, ҳаво ҳужумларидан 17 тасида Эроннинг Шаҳед дронлари қўлланган. Айни пайтда, Россия босқинига қарши қўллаши учун Канада ҳам Украинага танклар беришини маълум қилди. Польша эса, "Леопард 2" танкларига қўшимча, яна 60 та танк йўллашини билдирди. Бу орада, Ғарб нашрлари, ЕИ давлатлари ҳозир Украинага қирувчи учоқлар бериш имконларини муҳокама қилаётгани ҳақида ёзмоқда. Урушнинг 338-кунига оид тафсилотлар билан танишинг. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Rossiya qo‘shinlari Donetsk va Lugansk viloyatlariga hujumlarni davom ettirmoqda. Ukraina qo‘shinlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida 11 ta yirik hujumni qaytargan, havo hujumlaridan 17 tasida Eronning Shahed dronlari qo‘llangan. Ayni paytda, Rossiya bosqiniga qarshi qo‘llashi uchun Kanada ham Ukrainaga tanklar berishini ma’lum qildi. Polsha esa, "Leopard 2" tanklariga qo‘shimcha, yana 60 ta tank yo‘llashini bildirdi. Bu orada, G‘arb nashrlari, EI davlatlari hozir Ukrainaga qiruvchi uchoqlar berish imkonlarini muhokama qilayotgani haqida yozmoqda. Urushning 338-kuniga oid tafsilotlar bilan tanishing. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Ukrainaga bosqin: 339-kun | Polsha Ukrainaga 60ta tank beradi, uchoqlar yetkazilishi savol ostida

202255
2876
743
00:13:48
28.01.2023

Зеленский: Жабҳада вазият ўта кескин. ЕИ вазирлари Россияни ҳарбий жиноятлари учун жавобгарликка тортиш масаласини муҳокама қилди. ISW: Путин янги йирик ҳужумга тайёрланмоқда. Литва Россия билан дипломатик ваколатхона даражасини пасайтирди, Москва бунга жавоб қилди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Zelenskiy: Jabhada vaziyat o‘ta keskin. Yevropa Ittifoqi vazirlari Rossiyani harbiy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortish masalasini muhokama qildi. ISW: Putin yangi yirik hujumga tayyorlanmoqda. Litva Rossiya bilan diplomatik vakolatxona darajasini pasaytirdi, Moskva bunga javob qildi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Ukrainaga bosqin: 337-kun | AQSh, Ispaniya, Norvegiya ham Ukrainaga tank beradigan bo‘ldi

281050
4028
945
00:10:26
26.01.2023

Украинага Германия танк беришини эълон қилганидан сўнг, Россия яна дронлар билан ҳужум қилишни кучайтирди. АҚШ Украинага бир неча ой ичида қиймати 400 миллион долларлик 31 та М1 Абрамс танкларини етказиб бериши ҳақида эълон қилди. Челленжер 2 инглиз танклари Украинага йўл олди. Словакия Украинага ўзининг МиГ-29 қирувчи учоқларини бериш масаласини муҳокама қилишга тайёр. Украина армияси Донецк вилоятидаги Соледар шаҳридан чекинди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Ukrainaga Germaniya tank berishini e'lon qilganidan so‘ng, Rossiya yana dronlar bilan hujum qilishni kuchaytirdi. AQSh Ukrainaga bir necha oy ichida qiymati 400 million dollarlik 31 ta M1 Abrams tanklarini yetkazib berishi haqida e'lon qildi. Chellenjer 2 Ingliz tanklari Ukrainaga yo‘l oldi. Slovakiya Ukrainaga o‘zining MiG-29 qiruvchi uchoqlarini berish masalasini muhokama qilishga tayyor. Ukraina armiyasi Donetsk viloyatidagi Soledar shahridan chekindi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Ukrainaga bosqin: 340-kun | Ukraina sharqida qaqshatqich janglar davom etmoqda

186747
2926
582
00:10:32
29.01.2023

28 январь куни Чехияда президентлик сайлови бўлиб ўтди. Иккинчи турдаги сайловда истеъфодаги генерал Петр Павел сайловчиларнинг 58,28 фоиз овозини олиб ғолиб бўлди. Rheinmetall ўқ-дорилар ишлаб чиқаришни оширишга тайёр. Украина Ғарбдаги ҳамкорлари ёрдамида иккита авиабаталон ташкил қилмоқчи, бунинг учун 24 та қирувчи учоқ керак бўлади. Бахмут, Авдеевка ҳамда Новопавловск йўналишлари – Донбассдаги энг қақшатқич жанглар бўлаётган ҳудудлар бўлиб турибди. Зеленский Ғарбдан ракеталар сўрамоқда. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews 28 - yanvar kuni Chexiyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi turdagi saylovda iste'fodagi general Petr Pavel saylovchilarning 58,28 foiz ovozini olib g‘olib bo‘ldi. Rheinmetall o‘q-dorilar ishlab chiqarishni oshirishga tayyor. Ukraina G‘arbdagi hamkorlari yordamida ikkita aviabatalon tashkil qilmoqchi, buning uchun 24 ta qiruvchi uchoq kerak bo‘ladi. Baxmut, Avdeevka hamda Novopavlovsk yo‘nalishlari – Donbassdagi eng qaqshatqich janglar bo‘layotgan hududlar bo‘lib turibdi. Zelenskiy G‘arbdan raketalar so‘ramoqda. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Eron va Isroil o'rtasida vaziyat qanday? | "Munosabat" ko'rsatuvi

172477
2459
647
00:12:19
30.01.2023

Kanalimizga obuna bo'ling 👉🤍 IJTIMOIY TARMOQDAGI SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING: • Telegram - 🤍 • Instagram - 🤍 • Facebook - 🤍 • TikTok - 🤍 Reklama va hamkorlik uchun: ☎️ Telefon: +998 97 769 66 66 ☎️ Telefon: +998 99 115 55 37 Telegram: 🤍 Bonuslarga ega bo'ling 👉 🤍 #AzonTV #AzonUZ

Ukrainaga bosqin: 336-kun | Germaniya tanklarini Ukrainaga yuborishga rozi bo‘ldi

129254
2761
956
00:11:43
26.01.2023

Олаф Шолц ҳукумати ниҳоят узоқ муҳокамалардан сўнг жанговар танкларини Украинага юборишга рози бўлди. Вашингтон ҳам ниҳоят бир қанча М1 Абрамс жанговар танкларини Украинага беришга тайёрлигини билдирди. Икки кўнгилли британияликнинг Украинада ҳалок бўлгани тасдиқланди. Россия Мудофаа вазирлиги Атлантика океанига юборилган ҳарбий кемани синовдан ўтказганини билдирди. Россияда қамоқ муддатини ўтаб, Украинадаги урушда ҳалок бўлган яна бир Тожикистон фуқароси Ҳисорда дафн этилди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Olaf Shols hukumati nihoyat uzoq muhokamalardan so‘ng jangovar tanklarini Ukrainaga yuborishga rozi bo‘ldi. Vashington ham nihoyat bir qancha M1 Abrams jangovar tanklarini Ukrainaga berishga tayyorligini bildirdi. Ikki ko‘ngilli britaniyalikning Ukrainada halok bo‘lgani tasdiqlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi Atlantika okeaniga yuborilgan harbiy kemani sinovdan o‘tkazganini bildirdi. Rossiyada qamoq muddatini o‘tab, Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan yana bir Tojikiston fuqarosi Hisorda dafn etildi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Prezidentning “ishongan” biznesmenidan “noinsof” hokimgacha: Ortiqxo‘jayev nima bilan yodda qoladi?

1338447
12492
2376
00:18:20
19.01.2023

Тошкент шаҳрининг 16 январь куни ишдан олинган ҳокими Жаҳонгир Ортиқхўжаевнинг кейинги тақдири номаълум қолмоқда. Президент Шавкат Мирзиёев Ортиқхўжаевни қишга тайёргарлик кўрмагани ва “ёлғон сводка” бергани учун лавозимдан бўшатганини айтган. Ўзбекистоннинг энг бой одамларидан бўлган Ортиқхўжаев Озодликнинг манфаатлар тўқнашувига оид қатор суриштирувлари марказида бўлган. У журналистларга таҳдид ва пойтахтдаги қурилиш ва бузилишлар билан боғлиқ можаролар билан ҳам тилга тушган эди. Озодлик Жаҳонгир Ортиқхўжаевнинг зиддиятли фаолияти ва сиёсий меросига назар ташлайди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Toshkent shahrining 16-yanvar kuni ishdan olingan hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning keyingi taqdiri noma’lum qolmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev Ortiqxo‘jayevni qishga tayyorgarlik ko‘rmagani va “yolg‘on svodka” bergani uchun lavozimdan bo‘shatganini aytgan. O‘zbekistonning eng boy odamlaridan bo‘lgan Ortiqxo‘jayev Ozodlikning manfaatlar to‘qnashuviga oid qator surishtiruvlari markazida bo‘lgan. U jurnalistlarga tahdid va poytaxtdagi qurilish va buzilishlar bilan bog‘liq mojarolar bilan ham tilga tushgan edi. Ozodlik Jahongir Ortiqxo‘jayevning ziddiyatli faoliyati va siyosiy merosiga nazar tashlaydi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #tashkent #mirziyoyev #hokim

ZIMISTON-UZ. 20-qism: Kambag‘al oilalar ovqatiga sabzavotlarni sanab ishlatyapti

259797
4987
1276
00:13:43
27.01.2023

📌ZIMISTON-UZ XABARLARI: Трендга чиққан пиёз. Бозорда нарх-наво қимматлади. Аномал совуқ айбдор!? Сабзавотлар совуқдан музлаб қолди. 1та пиёз, 2та сабзи, 3та картошка. Камбағал оилалар овқатига сабзавотларни санаб ишлатяпти. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews 📌ZIMISTON-UZ XABARLARI: Trendga chiqqan piyoz. Bozorda narx-navo qimmatladi. Anomal sovuq aybdor!? Sabzavotlar sovuqdan muzlab qoldi. 1ta piyoz, 2ta sabzi, 3ta kartoshka. Kambag‘al oilalar ovqatiga sabzavotlarni sanab ishlatyapti. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #zimiston #inqiroz #uzbekistan

Ukrainaga bosqin: 335-kun | Ukrainada bir kunda uch yirik mulozim ishdan ketdi

257110
3550
602
00:12:03
25.01.2023

Президент офиси раҳбари ўринбосари Кирило Тимошенко ўз лавозимидан бўшатилди. Армия учун озиқ-овқат сотиб олишдаги коррупция можароси фонида Мудофаа вазири ўринбосари Вячеслав Шаповалов ҳам истеъфо берди. Шунингдек, Украина бош прокурори ўринбосари Алексей Симоненко лавозимидан озод қилинди. Ғарбдан кўпроқ қурол ва ёрдам сўраб турган бир пайтда, ҳокимиятда юз берган бу ўзгаришлар, президент Зеленский маъмуриятига кўплаб саволларни пайдо қилмоқда. Урушнинг 335-кунига оид тафсилотлар билан танишинг. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Armiya uchun oziq-ovqat sotib olishdagi korrupsiya mojarosi fonida Mudofaa vaziri o‘rinbosari Vyacheslav Shapovalov ham iste’fo berdi. Shuningdek, Ukraina bosh prokurori o‘rinbosari Aleksey Simonenko lavozimidan ozod qilindi. G‘arbdan ko‘proq qurol va yordam so‘rab turgan bir paytda, hokimiyatda yuz bergan bu o‘zgarishlar, prezident Zelenskiy ma’muriyatiga ko‘plab savollarni paydo qilmoqda. Urushning 335-kuniga oid tafsilotlar bilan tanishing. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Surxondaryo hokimi fermerlarning yuzlab gektar sabzi, karam, piyozini haydab tashlashni buyurdi

655483
7847
3301
00:11:59
26.01.2023

Сурхондарё вилояти ҳокими вазифасини бажарувчи Улуғбек Қосимов 20 январь куни Денов туманида бўлган йиғилишда фермерларнинг 1285 гектар такрорий экини – сабзи, пиёз, карамни шудгорлаб, ўрнини пахтага тайёрлашни буюрди: Фермерлар эса етилган, аммо қалин қор босгани сабаб йиғиштириб ололмаган экинларининг шудгор қилиб ташланишидан норози бўлмоқда. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimov 20 yanvar' kuni Denov tumanida bo‘lgan yig‘ilishda fermerlarning 1285 gektar takroriy ekini – sabzi, piyoz, karamni shudgorlab, o‘rnini paxtaga tayyorlashni buyurdi. Fermerlar esa yetilgan, ammo qalin qor bosgani sabab yig‘ishtirib ololmagan ekinlarining shudgor qilib tashlanishidan qattiq norozi bo‘lmoqda. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #fermer #hokim

OzodNazar: Mirziyoyevning Bishkek safari; Prokuraturaning yo’qolgan bayonoti

204944
3937
1063
00:44:21
27.01.2023

Ислом Каримов даври таҳлилига бағишланган “Бу кунлар” асари муаллифи, таниқли адиб Нуруллоҳ Отахонов куни кеча ижтимоий тармоқларда эълон қилган мақоласида ўзбек жамияти кеча қаерда эди, бугун қаерда, эртага қаерга бориши керак, деган уч йирик масала юзасидан ўз қарашларини баён қилди. Нуруллоҳ Отахонов билан суҳбатни унинг ўша мақоласи ўзанида қурдик. Сарвар Усмон суҳбатлашди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Islom Karimov davri tahliliga bag‘ishlangan “Bu kunlar” asari muallifi, taniqli adib Nurulloh Otaxonov kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan maqolasida o‘zbek jamiyati kecha qaerda edi, bugun qaerda, ertaga qaerga borishi kerak, degan uch yirik masala yuzasidan o‘z qarashlarini bayon qildi. Nurulloh Otaxonov bilan suhbatni uning o‘sha maqolasi o‘zanida qurdik. Sarvar Usmon suhbatlashdi.

OzodNazar. Qurg‘oqchilik tahdidi: Tolibon Amudaryo suvining to‘rtdan birini oladigan kanal qurmoqda

307982
6125
1518
00:37:31
26.01.2023

Сурхондарё вилоятида бир кунда 13 та туман ҳокими ишдан олиниб, ўрнига янгилари тайинланди. Бу “қирғин”нинг сабаблари нимада? Афғонистон шимолида қурилаётган, Амударёдан сув оладиган улкан канал Ўзбекистон иқтисодиёти ва экологиясига мислсиз таҳдид бўлиши мумкин. Президент Мирзиёев ҳам бу масалани ташвиш билан тилга олган эди. Бироқ ўзбек жамоатчилиги жим. Нега? Президент Мирзиёевнинг Қирғизистонга икки кунлик сафари бошланди. Нимаси билан муҳим бу ташриф? Бу саволларни профессор Хидирназар Аллақуловга бердик. Суҳбатни Сарвар Усмон ўтказди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Surxondaryo viloyatida bir kunda 13 ta tuman hokimi ishdan olinib, o‘rniga yangilari tayinlandi. Bu “qirg‘in”ning sabablari nimada? Afg‘oniston shimolida qurilayotgan, Amudaryodan suv oladigan ulkan kanal O‘zbekiston iqtisodiyoti va ekologiyasiga mislsiz tahdid bo‘lishi mumkin. Prezident Mirziyoev ham bu masalani tashvish bilan tilga olgan edi. Biroq o‘zbek jamoatchiligi jim. Nega? Prezident Mirziyoyevning Qirg‘izistonga ikki kunlik safari boshlandi. Nimasi bilan muhim bu tashrif? Bu savollarni professor Xidirnazar Allaqulovga berdik. Suhbatni Sarvar Usmon o‘tkazdi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ozodnazar #sarvarusmon

Ukrainaga bosqin: 334-kun | ISW: Putin “Vagner”ga ishonmay qo‘ydi

232133
3601
748
00:11:13
23.01.2023

Сўнгги ҳафталарда шиддатли жанглар марказида қолган Бахмутда вазият барқарорлашди. Украина армияси, назорат ўз қўлида экани, аммо Россия томони ҳануз шаҳарни ҳавода ўққа тутаётганини айтмоқда. 22 январь оқшомида Германия томони, ва ниҳоят Польшадаги Леопард 2” танкларининг Украинага берилишига тўсқинлик қилмаслигини билдирди. 23 январь эрталаб, Германиядаги ҳарбий базада бўлган “Патриот” мудофаа тизимлари Польша томон йўл олди. Урушнинг 334-кунига оид тафсилотлар билан танишинг. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews So‘nggi haftalarda shiddatli janglar markazida qolgan Baxmutda vaziyat barqarorlashdi. Ukraina armiyasi, nazorat o‘z qo‘lida ekani, ammo Rossiya tomoni hanuz shaharni havoda o‘qqa tutayotganini aytmoqda. 22-yanvar oqshomida Germaniya tomoni, va nihoyat Polьshadagi Leopard 2” tanklarining Ukrainaga berilishiga to‘sqinlik qilmasligini bildirdi. 23-yanvar ertalab, Germaniyadagi harbiy bazada bo‘lgan “Patriot” mudofaa tizimlari Polsha tomon yo‘l oldi. Urushning 334-kuniga oid tafsilotlar bilan tanishing. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Isroil Eronga uchuvchisiz samolyotlar orqali hujum qildi

203628
2751
1101
00:01:15
29.01.2023

Kanalimizga obuna bo'ling 👉🤍 IJTIMOIY TARMOQDAGI SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING: • Telegram - 🤍 • Instagram - 🤍 • Facebook - 🤍 • TikTok - 🤍 Reklama va hamkorlik uchun: ☎️ Telefon: +998 97 769 66 66 ☎️ Telefon: +998 99 115 55 37 Telegram: 🤍 Bonuslarga ega bo'ling 👉 🤍 #AzonTV #AzonUZ

OZODLIK SURISHTIRUVI. Farg'onalik kuyovlar: Mirziyoyev qudalari qanday boyidi?

7226864
60848
10817
00:36:47
15.09.2021

Президентликка келганидан кўп ўтмай, Шавкат Мирзиëев “Фарғонани дабдала қилган каламушлар” - “фарғоналик келинлар” ҳақида гапирган эди. Мирзиëев исмини тилга олишга ботинмаган бу “келинлар” президент Каримовнинг хотини Татьяна Каримова¸ унинг синглиси Тамара Собирова эканини жамоатчилик дарҳол тушунган. Орадан беш йил ўтиб¸ “фарғоналик келинлар” ўрнини “фарғоналик куëвлар” эгаллагани кўрилмоқда. Каримов оиласи мансубларини “каламуш” дея заҳарханда қилган Мирзиëев ўз оиласининг гуркираб бораëтган бизнес империясидан хабардорми? Озодликнинг янги суриштируви «фарғоналик куëвлар» кимлиги ва улар бизнеси кўламига ойдинлик киритиш баробарида бу бизнес билан келаси ой иккинчи муддатга сайланиши кутилаётган президент Мирзиëев ўртасидаги бевосита боғлиқликни ўртага чиқаради. * Prezidentlikka kelganidan ko‘p o‘tmay, Shavkat Mirziyoyev “Farg‘onani dabdala qilgan kalamushlar” - “farg‘onalik kelinlar” haqida gapirgan edi. Mirziyoyev ismini tilga olishga botinmagan bu “kelinlar” prezident Karimovning xotini Tatyana Karimova¸ uning singlisi Tamara Sobirova ekanini jamoatchilik darhol tushungan. Oradan besh yil o‘tib¸ “farg‘onalik kelinlar” o‘rnini “farg‘onalik kuyovlar” egallagani ko‘rilmoqda. Karimov oilasi mansublarini “kalamush” deya zaharxanda qilgan Mirziyoyev o‘z oilasining gurkirab borayotgan biznes imperiyasidan xabardormi? Ozodlikning yangi surishtiruvi «farg‘onalik kuyovlar» kimligi va ular biznesi ko‘lamiga oydinlik kiritish barobarida bu biznes bilan kelasi oy ikkinchi muddatga saylanishi kutilayotgan prezident Mirziyoyev o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni o‘rtaga chiqaradi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #Ozodlik #Kuyovlar #Mirziyoyev

ZIMISTON-UZ. 19-qism: O‘zbek hukumati gazni Rossiyaga berganini rad etmoqda

551878
11731
2869
00:14:44
25.01.2023

📌ZIMISTON-UZ XABARLARI: Назарбекликлар норозилиги. Свет, газ, сув беринг! Тармоқлар норозилиги. Фаоллар газ бўйича Россия билан имзоланган келишувдан хавотир билдирмоқда Газпром билан келишув. Вазирлик “суверенитет сотилгани"ни рад этди Ўзбекча инновация. Заправкалардаги турнақатор навбатлардан безган одамлар турли хил усулларни ўйлаб топмоқда 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews 📌ZIMISTON-UZ XABARLARI: Nazarbekliklar noroziligi. Svet, gaz, suv bering! Tarmoqlar noroziligi. Faollar gaz bo‘yicha Rossiya bilan imzolangan kelishuvdan xavotir bildirmoqda Gazprom kelishuvi. Vazirlik “suverenitet sotilgani"ni rad etdi O‘zbekcha innovatsiya. Zapravkalardagi turnaqator navbatlardan bezgan odamlar turli xil usullarni o‘ylab topmoqda. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #zimiston #inqiroz #uzbekistan

Ukrainadagi ko‘ngilli o‘zbekistonlik askarlar bilan suhbat

354046
4986
2590
00:21:23
20.01.2023

Ўзбекистонлик Фаррух Нурматов, ўзининг сўзларига кўра, яна бир ўзбекистонлик билан бирга, сўнгги ҳафталарда Украинанинг қақшатқич жанглар кечаётган Бахмут ва Соледарида бўлишган. Украинадаги кўнгилли батальон таркибида бўлган 41 яшар Фаррухнинг Озодликка айтишича, бу ҳудудларда қаҳратон қишда ер тош каби музлаган, жанг қилиш оғир, аскарлар орасида қурбонлар кўп. Фаррух ва яна бир ўзбекистонлик кўнгилли аскарга кўра, ҳозир Бахмут учун жанглар қаттиқ ва шиддатли бўлмоқда. Озодлик уруш шароитида ўзбек жангчилари гувоҳлигини мустақил манбалар орқали тасдиқлаш имконига эга эмас. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews O‘zbekistonlik Farrux Nurmatov, o‘zining so‘zlariga ko‘ra, yana bir o‘zbekistonlik bilan birga, so‘nggi haftalarda Ukrainaning qaqshatqich janglar kechayotgan Baxmut va Soledarida bo‘lishgan. Ukrainadagi ko‘ngilli batalyon tarkibida bo‘lgan 41 yashar Farruxning Ozodlikka aytishicha, bu hududlarda qahraton qishda er tosh kabi muzlagan, jang qilish og‘ir, askarlar orasida qurbonlar ko‘p. Farrux va yana bir o‘zbekistonlik ko‘ngilli askarga ko‘ra, hozir Baxmut uchun janglar qattiq va shiddatli bo‘lmoqda. Ozodlik urush sharoitida o‘zbek jangchilari guvohligini mustaqil manbalar orqali tasdiqlash imkoniga ega emas. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Украина ва ўзбеклар: Бекзод Харкивда нималарни кўрди? - BBC News O'zbek

89678
1403
1029
00:03:48
27.01.2023

Бекзод Исломов Украинада халқаро ҳуқуқ йўналишида таҳсил олиб, Ўзбекистонга қайтганди. Ўтган ойда Харкивда бўлди. Россия босқинидан кейинги Украинани кўриш унинг учун жуда оғриқли бўлганини айтади. Обуна бўлинг - 🤍 BBC News O'zbek янгиликлар каналига хуш келибсиз! Видеога изоҳлар сараланади. Ҳақорат, туҳмат, зўравонликка чақирув, реклама ва спам мазмунидаги изоҳларни ўчириш ҳуқуқимизни ўзимизда қолдирамиз. Афсуски, бизда изоҳларни ўз вақтида чиқариш имконияти йўқ, шу боис билдирган фикрларингиз шу заҳоти чоп этилмаслиги мумкин. Тўғри тушунганингиз учун ташаккур! #bbcuzbek​ Ўзбекистон, Марказий Осиё ва дунё бўйлаб юзлаб мухбирларимиздан келадиган видео янгиликлар ҳар куни мана шу каналда. Нафақат янгиликлар, балки қизиқарли воқеалар, санъат, мусиқа, маданият ва тарих ҳақида бетакрор видео фильмлар учун ҳам каналимизга аъзо бўлинг - 🤍 Вебсаҳифамиз - bbcuzbek.com Facebook: 🤍 OK.RU: 🤍 Instagram: 🤍 Telegram: 🤍 BBC News O'zbek - BBC News O'zbek tilida, onlayn, TV va ijtimoiy tarmoqlarda Узбекистан - Uzbekistan - O'zbekiston - Узбекистон

OzodNazar: Toshkent hokimi va boshqalar jazolandi. Ahvol o’nglanadimi?

1033218
16978
4098
00:27:55
16.01.2023

Президент Мирзиёев 16 январда Тошкент шаҳар ҳокими Жаҳонгир Ортиқхўжаевни қиш мавсумига лозим даражада тайёргарлик кўрмагани учун ишдан бўшатди, Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаевни қатъий огоҳлантирди, шунингдек, бир қатор туман ва шаҳар ҳокимларига, қатор идоралар раҳбарларига ҳайфсан берди ёки огоҳлантирди. Юзага келган вазиятдан пайдо бўлган саволларни сиёсатчи Хидирназар Аллақуловга бердик. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Prezident Mirziyoyev 16-yanvarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun ishdan bo‘shatdi, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevni qat’iy ogohlantirdi, shuningdek, bir qator tuman va shahar hokimlariga, qator idoralar rahbarlariga hayfsan berdi yoki ogohlantirdi. Yuzaga kelgan vaziyatdan paydo bo‘lgan savollarni siyosatchi Xidirnazar Allaqulovga berdik. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ozodnazar #sarvarusmon

ZIMISTON-UZ. 18-қисм: Aripov va Ramatov 2 trln so‘mni nima qildi?

293707
7223
1506
00:11:50
24.01.2023

📌ZIMISTON-UZ XABARLARI: Шарти номаълум келишув. Ўзбекистон Россия билан газ бўйича “йўл харитаси”ни имзолади. 2 триллион сўм қани? Бош вазир Арипов “камчиликлардан хулоса қилишга” ваъда берди. Ис гази қурбонлари. Қашқадарёда эр-хотин ва уларнинг икки фарзанди нобуд бўлди. Туғилган кун учун совғага бензин. Бензин қимматлиги ва танқислиги тўхтамаяпти. Толибон танқиди. Ўзбекистон Афғонистонга электр экспортини қайта тиклаяпти. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews 📌ZIMISTON-UZ XABARLARI: Sharti noma’lum kelishuv. O‘zbekiston Rossiya bilan gaz bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzoladi. 2 trillion so‘m qani? Bosh vazir Aripov “kamchiliklardan xulosa qilishga” va’da berdi. Is gazi qurbonlari. Qashqadaryoda er-xotin va ularning ikki farzandi nobud bo‘ldi. Tug‘ilgan kun uchun sovg‘aga benzin. Benzin qimmatligi va tanqisligi to‘xtamayapti. Tolibon tanqidi. O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr eksportini qayta tiklayapti. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #zimiston #inqiroz #uzbekistan

OzodNazar: O’zbekiston gaz bo’yicha Rossiya bilan “yo’l xaritasi”ni imzoladi

390317
6510
2285
00:49:30
25.01.2023

“Газпром” матбуот хизматининг хабар қилишича, 24 январда Ўзбекистон энергетика вазири Жўрабек Мирзамаҳмудов ва Россиянинг “Газпром” давлат ширкати бошқаруви раиси Алексей Миллер газ соҳасидаги ҳамкорлик бўйича “Йўл харитаси”ни имзолади. Бу воқеанинг Ўзбекистон учун фойда-зарари тўғрисида иқтисодчи Шуҳрат Расул билан суҳбатлашдик. Кўрсатувни Сарвар Усмон олиб борди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews “Gazprom” matbuot xizmatining xabar qilishicha, 24 yanvarda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiyaning “Gazprom” davlat shirkati boshqaruvi raisi Aleksey Miller gaz sohasidagi hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni imzoladi. Bu voqeaning O‘zbekiston uchun foyda-zarari to‘g‘risida iqtisodchi Shuhrat Rasul bilan suhbatlashdik. Ko‘rsatuvni Sarvar Usmon olib bordi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ozodnazar #sarvarusmon #gaz

Ukrainaga bosqin: 279- kun | Xerson bir haftada 258 marta o‘qqa tutildi

160011
2414
656
00:10:45
29.11.2022

Россия думаси спикери ўзбекистонликларни АҚШ билан ҳамкорлик оқибатларидан огоҳлантирди Путин Тоқаевга Ўзбекистон билан уч томонлама газ иттифоқи ташкил этишни таклиф қилган Изюмда Россия ўғирлаб кетган болалар ёзувчисининг жасади топилди Европада 4,7 миллион украин вафқтинчадлик ҳимоя мақомига эга бўлди НАТО давлатлари қиш арафасида Украинага ёрдамни кучайтиришади Урушнинг 279 - куни хроникасини Озодликда томоша қилинг! 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Rossiya dumasi spikeri o‘zbekistonliklarni AQSh bilan hamkorlik oqibatlaridan ogohlantirdi Putin Toqaevga O‘zbekiston bilan uch tomonlama gaz ittifoqi tashkil etishni taklif qilgan Izyumda Rossiya o‘g‘irlab ketgan bolalar yozuvchisining jasadi topildi Yevropada 4,7 million ukrain vafqtinchadlik himoya maqomiga ega bo‘ldi NATO davlatlari qish arafasida Ukrainaga yordamni kuchaytirishadi Urushning 279 - kuni xronikasini Ozodlikda tomosha qiling! Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Tarmoqlar Ozodlik surishtiruvi haqida

1001038
15307
3506
00:07:16
23.09.2021

15 сентябрь куни Озодлик Шавкат Мирзиëев оиласига бевосита алоқадор Orient Group компанияларининг кейинги тўрт йил ичида бевосита президент иштироки ва ҳомийлиги остида ўз бойлигини камида уч бараварга кўпайтирганига оид суриштирувни эълон қилди. Ижтимоий тармоқларда 2 миллиондан ошиқ одам кўриб¸ минглаб шарҳ қолдирилган бу суриштирувга алоқадор томонлар ҳозирча унда келтирилган факт ва маълумотларга изоҳ бермади. Айни пайтда суриштирув эълон қилиниши билан тармоқларда бошланган ҳужумлар алоқадор томонларнинг бу суриштирувга жавобнинг бошқача¸ тажрибада аввал ҳам синалган усули орқали беришга қарор қилганини кўрсатади. * 15 sentyabr kuni Ozodlik Shavkat Mirziyoyev oilasiga bevosita aloqador Orient Group kompaniyalarining keyingi to‘rt yil ichida bevosita prezident ishtiroki va homiyligi ostida o‘z boyligini kamida uch baravarga ko‘paytirganiga oid surishtiruvni e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda 2 milliondan oshiq odam ko‘rib¸ minglab sharh qoldirilgan bu surishtiruvga aloqador tomonlar hozircha unda keltirilgan fakt va ma’lumotlarga izoh bermadi. Ayni paytda surishtiruv e’lon qilinishi bilan tarmoqlarda boshlangan hujumlar aloqador tomonlarning bu surishtiruvga javobning boshqacha¸ tajribada avval ham sinalgan usuli orqali berishga qaror qilganini ko‘rsatadi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #Ozodlik #OtabekUmarov #OybekUmarov #Mirziyoyev #FargonalikKuyovlar

Ukrainaga bosqin: 332-kun | Ukraina uchun “Leopard 2” tanklari: Ramshtayn kelisha olmadi

229356
2873
718
00:13:50
21.01.2023

Германиядаги Рамштайн авиабазасида ўтказилган йирик давлатлар саммити Украинага танкларни етказиб бериш бўйича узоқ кутилган қарорни қабул қила олмади. Россия Мудофаа вазирлиги Донецк ва Запорожеда иккита аҳоли пунктини босиб олганини хабар берди. Киев вилоят полицияси бир неча кун олдин содир бўлган вертолёт ҳалокати жойидан олинган бодикамера тасвирларини эълон қилди. Украиналик терговчилар Россия қўшинларининг ҳарбий жиноятларини ҳужжатлаштириш учун дронлар ёрдамида далиллар тўпламоқда. АҚШ Молия вазирлиги “Вагнер ХҲШ”ни халқаро жиноий ташкилот деб топади ва келгуси ҳафтада унга қарши қўшимча санкцияларни жорий этади. “Катта еттилик” мамлакатлари, Евроиттифоқ ҳамда Австралия Россиянинг Украинага босқинига жавобан Россия нефть маҳсулотлари учун чекланган энг юқори нархларни белгилашда келишувга эришди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasida o‘tkazilgan yirik davlatlar sammiti Ukrainaga tanklarni etkazib berish bo‘yicha uzoq kutilgan qarorni qabul qila olmadi. Rossiya Mudofaa vazirligi Donetsk va Zaporojyeda ikkita aholi punktini bosib olganini xabar berdi. Kiyev viloyat politsiyasi bir necha kun oldin sodir bo‘lgan vertolyot halokati joyidan olingan bodikamera tasvirlarini e’lon qildi. Ukrainalik tergovchilar Rossiya qo‘shinlarining harbiy jinoyatlarini hujjatlashtirish uchun dronlar yordamida dalillar to‘plamoqda. AQSh Moliya vazirligi “Vagner XHSh”ni xalqaro jinoiy tashkilot deb topadi va kelgusi haftada unga qarshi qo‘shimcha sanktsiyalarni joriy etadi. “Katta yettilik” mamlakatlari, Evroittifoq hamda Avstraliya Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga javoban Rossiya neftь mahsulotlari uchun cheklangan eng yuqori narxlarni belgilashda kelishuvga erishdi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Qamoq yoki “Vagner”: Migrantlar Ukraina urushiga majburan yollanmoqda

319246
4013
904
00:14:53
22.01.2023

Охирги бир неча ой ичида Россияда украиналикларга қарши жанг қилишдан бош тортган муҳожирларни жиноий жавобгарликка тортиш билан таҳдид қилиш ҳолатлари кўпайган. Қамоқда ўтирган муҳожирлар эса хусусий ҳарбий компаниялар билан ҳарбий шартнома имзолашга мажбур қилинмоқда. Украинага қарши жангларда катта талафотларни кўраётган Путин ҳукумати армияни катта пул ваъдасини олган мобилизация қилинганлар ва озодликка чиқарилиши айтилган маҳбуслар ҳисобига тўлдирмоқда. Аҳоли катта моддий маблағ ва турли имтиёзларга кўнмаётганини кўраётган Кремл пропаганда машинасини кескин авж олдирди, урушга чорловчи мисли кўрилмаган тарғибот ва ташвиқот ишларини йўлга қўйди. Украина фронтидан эса аскарликка ёлланган мигрантлар ўликлари келишда давом этмоқда. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Oxirgi bir necha oy ichida Rossiyada ukrainaliklarga qarshi jang qilishdan bosh tortgan muhojirlarni jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilish holatlari ko‘paygan. Qamoqda o‘tirgan muhojirlar esa xususiy harbiy kompaniyalar bilan harbiy shartnoma imzolashga majbur qilinmoqda. Ukrainaga qarshi janglarda katta talafotlarni ko‘rayotgan Putin hukumati armiyani katta pul va’dasini olgan mobilizatsiya qilinganlar va ozodlikka chiqarilishi aytilgan mahbuslar hisobiga to‘ldirmoqda. Aholi katta moddiy mablag‘ va turli imtiyozlarga ko‘nmayotganini ko‘rayotgan Kreml propaganda mashinasini keskin avj oldirdi, urushga chorlovchi misli ko‘rilmagan targ‘ibot va tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Ukraina frontidan esa askarlikka yollangan migrantlar o‘liklari kelishda davom etmoqda. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #migrant #rossiya #bosqin

Ukrainaga bosqin: 330-kun | Zelenskiy: G‘arb Ukrainaga og‘ir qurollarni tezroq berishi kerak

168822
2223
554
00:13:05
19.01.2023

Россиянинг Днепр ва Донбасс минтақасидаги қатор шаҳарларга ҳужуми тинмаётир. Президент Зеленский, вазият "оғир"лигини айтиб, Ғарбдан оғир қуролларни тезроқ етказишни сўрамоқда. Бу орада, Россиянинг босқинини қувватлаган қозоғистонлик депутатни сафдошлари партия сафидан чиқариб юборди. Урушнинг 330-кунига оид тафсилотлар билан танишинг. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Rossiyaning Dnepr va Donbass mintaqasidagi qator shaharlarga hujumi tinmayotir. Prezident Zelenskiy, vaziyat "og‘ir"ligini aytib, G‘arbdan og‘ir qurollarni tezroq yetkazishni so‘ramoqda. Bu orada, Rossiyaning bosqinini quvvatlagan qozog‘istonlik deputatni safdoshlari partiya safidan chiqarib yubordi. Urushning 330-kuniga oid tafsilotlar bilan tanishing. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

ZIMISTON-UZ. 17-qism: O‘quvchilarga maktabga ko‘rpacha bilan kelish buyurildi

274012
5922
1432
00:17:20
23.01.2023

📌ZIMISTON-UZ XABARLARI: Норози аҳоли. Андижонда одамлар энергетик муаммолар сабаб йўл тўсгани айтилди. Ёқилғи инқирози. Метан йӯқ, бензин учун турнақатор навбатлар жанжалга айланмоқда. Ниҳоят ўқиш бошланди. Ўқувчиларга мактабга кўрпача билан келиш буюрилди. Газ экспорти рақамларидаги тафовут ва қайта тикланган газ импорти. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews 📌ZIMISTON-UZ XABARLARI: Norozi aholi. Andijonda odamlar energetik muammolar sabab yo‘l to‘sgani aytildi. Yoqilg‘i inqirozi. Metan yo‘q, benzin uchun turnaqator navbatlar janjalga aylanmoqda. Nihoyat o‘qish boshlandi. O‘quvchilarga maktabga ko‘rpacha bilan kelish buyurildi. Gaz eksporti raqamlaridagi tafovut va qayta tiklangan gaz importi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #zimiston #inqiroz #uzbekistan

Ukrainaga bosqin: 326-kun | Rossiya Ukraina bo‘ylab raketa hujumlarini oshirdi

362492
4413
1316
00:10:03
15.01.2023

Днепр шаҳрига қилинган ракета ҳужуми оқибатида ўлганлар сони 20 нафардан ошди. Вилоят губернатори Валентин Резниченко жабрланган 73 кишидан 40 нафари шифохонада экани, улардан тўрт нафари жонлантириш бўлимида қолаётганини маълум қилди. Днепрдаги бинога 14 январь оқшом ракета ташланди. Айни тахлит ҳужумлар Украина бўйлаб давом этмоқда. Украина президенти Зеленский, Россия армиясининг оддий аҳоли уйларига навбатдаги ҳужумини “террор” деб қоралади ва Ғарбдан янада кўпроқ қурол сўради. Урушнинг 326-кунига оид тафсилотлар билан танишинг. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Dnepr shahriga qilingan raketa hujumi oqibatida o‘lganlar soni 20 nafardan oshdi. Viloyat gubernatori Valentin Reznichenko jabrlangan 73 kishidan 40 nafari shifoxonada ekani, ulardan to‘rt nafari jonlantirish bo‘limida qolayotganini ma’lum qildi. Dneprdagi binoga 14-yanvar oqshom raketa tashlandi. Ayni taxlit hujumlar Ukraina bo‘ylab davom etmoqda. Ukraina prezidenti Zelenskiy, Rossiya armiyasining oddiy aholi uylariga navbatdagi hujumini “terror” deb qoraladi va G‘arbdan yanada ko‘proq qurol so‘radi. Urushning 326-kuniga oid tafsilotlar bilan tanishing. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Ukrainaga bosqin: 249-kun | Ukraina rus kemalariga zarba berdi. Putin don eksportini to‘xtatdi

298178
3807
591
00:09:18
30.10.2022

Украина манбалари, жумладан, Украина ички ишлар вазири ўринбосари Антон Герашченконинг Телеграмдаги канали Севастопол кўрфазида 29 октябрга ўтар кечасидаги портлашлар натижасида Россиянинг тўртта ҳарбий кемасига зарар етказилгани айтилмоқда. Россия Украинага ўз донини Қора денгиз орқали экспорт қилиши имконини берган ташаббусни тўхтатишга қарор қилди. Бу ҳақда шанба куни Россия Мудофаа вазирлиги маълум қилди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Ukraina manbalari, jumladan, Ukraina ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashchenkoning Telegramdagi kanali Sevastopol ko‘rfazida 29 oktyabrga o‘tar kechasidagi portlashlar natijasida Rossiyaning to‘rtta harbiy kemasiga zarar etkazilgani aytilmoqda. Rossiya Ukrainaga o‘z donini Qora dengiz orqali eksport qilishi imkonini bergan tashabbusni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda shanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Yana bir ayol ko‘zbo‘yamachilik qurboni bo‘lganini aytmoqda

140132
2484
526
00:08:19
07.09.2022

Қашқадарё вилоятининг Чироқчи туманида яшайдиган 55 ёшли Нодира Раҳмонова туман ва вилоят ҳокимлигини кўзбўямачиликда айбламоқда. Иккинчи гуруҳ ногирони, эри ташлаб кетган ёлғиз аёл Озодлик билан суҳбатда 620 минг сўмлик (қарийб 60 АҚШ доллари) нафақага ҳароба уйда кун кўришини айтади. Беш йил аввал оғир ижтимоий аҳволга тушиб қолган хотин-қизларга имтиёзли уй-жойлар бериш тўғрисидаги Вазирлар Маҳкамасининг қарори асосида унга уй-жойга эгалик қилиш ҳуқуқини берувчи сертификат топширилган. Раҳмонованинг Озодликка айтишича, уй ҳалигача берилмаган. Нодира Раҳмонова ўзини "Мирзиёевдан уй берилди", деб алданган деб ҳисобламоқда. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashaydigan 55 yoshli Nodira Rahmonova tuman va viloyat hokimligini ko‘zbo‘yamachilikda ayblamoqda. Ikkinchi guruh nogironi, eri tashlab ketgan yolg‘iz ayol Ozodlik bilan suhbatda 620 ming so‘mlik (qariyb 60 AQSh dollari) nafaqaga haroba uyda kun ko‘rishini aytadi. Besh yil avval og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga imtiyozli uy-joylar berish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida unga uy-joyga egalik qilish huquqini beruvchi sertifikat topshirilgan. Rahmonovaning Ozodlikka aytishicha, uy haligacha berilmagan. Nodira Rahmonova o‘zini "Mirziyoyevdan uy berildi", deb aldangan deb hisoblamoqda. #ozodlik #mirziyoyev #shou #uy

Ukrainaga bosqin: 333-kun | Yevropaning 3 davlati Germaniyani Ukrainaga tanklar berishga chaqirmoqda

178992
2778
814
00:10:07
22.01.2023

Латвия, Литва ва Эстония ташқи ишлар вазирлари Германияни Украинага Леопард 2 танкларини етказиб беришни кечиктирмасликка чақирмоқда. Москва вилоятида ҳаво ҳужумидан мудофаа машқлари ўтказилди. Ўтган сутка давомида Россия қўшинлари Херсон вилояти ҳудудини 49 марта ўққа тутди, 3 киши яраланди. Украина президенти Владимир Зеленский тунги мурожаатида вертолёт қулаб тушиши оқибатида ҳалок бўлганлар хотирасини ёдга олди. Украина Мудофаа вазири эвакуация вертолётларини етказиб бергани учун Буюк Британияга миннатдорлик билдирди. 🔴 🤍 kanaliga obuna bo'ling! 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 🤍ozodnews Latviya, Litva va Estoniya tashqi ishlar vazirlari Germaniyani Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berishni kechiktirmaslikka chaqirmoqda. Moskva viloyatida havo hujumidan mudofaa mashqlari o‘tkazildi. O‘tgan sutka davomida Rossiya qo‘shinlari Xerson viloyati hududini 49 marta o‘qqa tutdi, 3 kishi yaralandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tungi murojaatida vertolyot qulab tushishi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasini yodga oldi. Ukraina Mudofaa vaziri evakuatsiya vertolyotlarini yetkazib bergani uchun Buyuk Britaniyaga minnatdorlik bildirdi. Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor | #ozodlik #ukraina #rossiya #bosqin

Abror Muxtor Aliy «TUTQUNLIKDAGI OZODLIK RADIOSI» GA MUROJAAT QILDI

16280
281
113
00:17:03
02.11.2021

Albatta OBUNA boʻling! Muxtasar mediaga.

Назад
Что ищут прямо сейчас на
ozodlik kuburan unik faze kay jokowi masa kecil gojol gojol 蚊子 raiding APEX女子 Lereng 炒房 sena review 長洲 maria Refugio Peru Numark arduino game ������ ���������������� cincin api 432hz music eel fish